date

22-avgustda kutilayotgan ob-havo prognozi

22-avgustda kutilayotgan ob-havo prognozi
Toshkent shahrida ob-havo prognoziga ko‘ra, osmon biroz qora bulutlar bilan qoplanishi mumkin, ammo hech qanday yomg‘ir yoki boshqa turdagi yog‘ingarchilik ro‘y berishi ehtimol qilinmayapti. Shamol sharq yo‘nalishidan sekundiga 3–8 metr tezlikda esishi taxmin qilinmoqda. Harorat tungi soatlarda 20–22 daraja atrofida bo‘lsa, kunduzi havo 35–37 darajagacha qiziydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida ham osmon nisbatan ochiq bo‘ladi. Lekin bu hududlarda shamolning sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol 15–20 metrgacha kuchayishi va qum-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Tungi harorat 17–22 daraja, kunduzi esa 31–36 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida ham havo ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. Ammo shamol sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esishi, ayrim nuqtalarda 13–18 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zon ko‘tarishi mumkin. Bu hududlarda kechasi 17–22 daraja, kunduzi esa 35–40 darajagacha issiq kuzatiladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax hamda Samarqand viloyatlarida ob-havo ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esishi, ayrim nuqtalarda esa 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Shu sababli chang va to‘zon ko‘tarilishi ehtimoldan xoli emas. Harorat tungi paytda 17–22 daraja, kunduzi esa 32–37 daraja oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida ham havo nisbatan ochiq bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘ishi kutilmayapti. Shamol sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol bo‘lishi, ba’zan 13–18 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat tungi paytda 18–23 daraja, kunduzi esa 35–40 darajaga yetishi mumkin.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham ob-havo nisbatan ochiq bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Ayrim joylarda havo o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, ammo yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 5–10 metr tezlikda shamollashi aytilmoqda. Harorat kechasi 16–21 daraja atrofida, kunduzi esa 32–37 daraja bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.

Respublikadagi tog‘li hududlarda ham havo biroz bulutli va musaffo bo‘lishi mumkin. Yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol yesishi, ayrim yerlarda esa 13–18 metrgacha kuchayishi ehtimol qilinmoqda. Harorat tungi paytda 12–17 daraja bo‘lsa, kunduzi 25–30 darajani tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 22-avgustda kutilayotgan ob-havo prognozi