date

O‘zbekistonda Telegram orqali firibgarlikning yangi sxemasi paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda Telegram orqali firibgarlikning yangi sxemasi paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda onlayn xavfsizlik muammolari tobora yangi qiyofa kasb etmoqda. Kiberxavfsizlik markazi so‘nggi kunlarda fuqarolar orasida keng tarqalayotgan xatarli holat haqida ogohlantirish berdi. Ma’lum qilinishicha, ayrim shaxslar Telegram orqali “past foizli kredit” taklif qiladigan botlarni ishga solib, odamlarni aldash yo‘lidan bormoqda, deb xabar berdi kiberxavfsizlik idorasi.

Bunday botlar avvaliga jozibali takliflarni taqdim qiladi. Odamlar arzon kreditga ishonib, shaxsiy ma’lumotlarini taqdim eta boshlaydilar. Ulardan pasport raqamlari, bank kartalari rekvizitlari va hatto kredit shartnomalariga oid ma’lumotlar talab qilinadi. Shu orqali firibgarlar odamlarning eng muhim va maxfiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Soxta "tasdiqlangan kredit" va yashirin to‘lovlar

Firibgarlik sxemasi shu bilan to‘xtamaydi. Jabrlanuvchilarga “kreditingiz tasdiqlandi” degan soxta xabar yo‘llanadi. Ammo uning davomi yanada xavfli: ulardan maxsus hisob raqamiga “komissiya” deb nomlangan mablag‘ o‘tkazish talab qilinadi. Aslida bu hech qanday qonuniy to‘lov emas, balki firibgarlar tomonidan odamlarning ishonchidan foydalanib pul undirish yo‘lidir.

Mutahassislarning ta’kidlashicha, bunday xujjatlar hech qanday yuridik kuchga ega emas. Ular rasmiy banklar yoki litsenziyalangan moliya institutlari bilan mutlaqo bog‘liq emas. Shuning uchun aholiga ogoh bo‘lib, har qanday “oson kredit” takliflariga ishonmaslik tavsiya etilmoqda.

Mutaxassislardan tavsiya va ogohlantirish

Ekspertlar fuqarolarga har doim rasmiy moliya tashkilotlari bilan ishlashni maslahat bermoqda. Agar qandaydir kredit yoki moliyaviy xizmat juda ham “oson” va “arzon” ko‘rinishida taqdim etilsa, u holda bu eng katta xavf belgisi hisoblanadi. Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni hech qachon noan’anaviy platformalarga taqdim etmaslik lozim.

Kiberxavfsizlik markazi aholini ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Chunki bunday sxemalarning asosiy qurbonlari oddiy odamlar bo‘lib, ularning orzu va ishonchidan firibgarlar o‘z manfaati uchun foydalanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda Telegram orqali firibgarlikning yangi sxemasi paydo bo‘ldi