O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi 23 avgust kuniga oid ob-havo to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Mazkur ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning turli hududlarida biroz bulutli, vaqt-vaqti bilan o‘zgaruvchan havo kuzatilishi kutilmoqda. Asosan, yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q, biroq ayrim joylarda shamol tezligi kuchayishi mumkinligi qayd etilmoqda.
Toshkent shahrida biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadigan ob-havo bilan kechishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik bo‘lishi nazarda tutilmagan. Sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda shamol esishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda esa shamol chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 12–15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi harorat 20–22 daraja iliq, kunduzi esa 34–36 daraja atrofida issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham ob-havo biroz bulutli, lekin yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr shamol esishi taxmin qilingan. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang va to‘zonlar bilan 15–20 metrgacha kuchayishi mumkin. Tungi harorat 15–20 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 31–36 daraja issiq bo‘lishi aytib o‘tildi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ob-havo asosan ochiq, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr shamol esishi belgilangan. Ayrim hududlarda shamol chang-to‘zonlari bilan 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi esa 32–37 daraja issiq bo‘lishi ma’lum qilindi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham xuddi shunday ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. Osmon qisman bulutli bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. Sharqdan sekundiga 7–12 metr shamol esishi kutilmoqda, ayrim joylarda esa shamol chang va to‘zon bilan birga 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Tungi harorat 17–22 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 32–37 daraja atrofida bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, lekin asosan ochiq va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Shamol sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol bo‘ladi. Ayrim hududlarda esa shamol chang bilan birga 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi harorat 20–25 daraja iliq, kunduzi esa 35–40 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Farg‘ona vodiysi viloyatlari — Andijon, Namangan va Farg‘onada ham osmon biroz bulutli bo‘lishi, ayrim paytlarda o‘zgarishi mumkin. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 5–10 metr shamol esishi qayd etilgan. Tungi harorat 18–23 daraja iliq, kunduzi esa 30–35 daraja atrofida bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lishi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sekundiga 7–12 metr tezlikda bo‘lishi aytib o‘tildi. Ayrim joylarda shamolning tezligi 13–18 metrgacha yetishi ehtimoli bor. Kechasi harorat 13–18 daraja iliq, kunduzi esa 23–28 daraja iliq bo‘ladi.
23-avgustda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar