Iordaniya podshohini Samarqand aeroportida Shavkat Mirziyoyev kutib oldi

Iordaniya podshohini Samarqand aeroportida Shavkat Mirziyoyev kutib oldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn Al-Husayn 25 avgust kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

Samarqand shahri aeroportida podshohni Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Iordaniya podshohini Samarqand aeroportida Shavkat Mirziyoyev kutib oldi
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Iordaniya podshohini Samarqand aeroportida Shavkat Mirziyoyev kutib oldi
Tashrifning asosiy tadbirlari 26 avgustga rejalashtirilgan. Bugun davlat rahbarlari birgalikda qadimiy Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qiladi.
Iordaniya podshohini Samarqand aeroportida Shavkat Mirziyoyev kutib oldi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar