date

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takeshi Ivaya boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Yaponiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Faol muloqotlar davom etayotgani va amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugun o‘tkazilgan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlarining Strategik muloqoti birinchi yig‘ilishining samarali natijalari yuksak baholandi.

Siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikning aniq loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston-Yaponiya markazi faoliyatini kengaytirish va kelgusida uning negizida Yaponiyaning yetakchi universitetlari ishtirokida qo‘shma universitet tashkil etish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, shu jumladan «Markaziy Osiyo + Yaponiya» formatidagi bo‘lajak sammitni o‘tkazish yuzasidan ham fikr almashildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi