date

Qo‘shimcha davlat granti va OTM granti natijalari qachon e’lon qilinadi?

Qo‘shimcha davlat granti va OTM granti natijalari qachon e’lon qilinadi?

Davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirib, muayyan o‘quv yili bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori bo‘lgan talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun qo‘shimcha davlat granti taqdim etiladi.

Belgilangan nizomga ko‘ra, talabgorlar o‘z arizalari bilan har yili 20 iyulga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

Maxsus komissiya tomonidan talabgorlarning ma’lumotlari ko‘rib chiqilgach, qo‘shimcha davlat granti taqdim etilgan talabalar har yili 5 sentabrga qadar oliy ta’lim tashkiloti tomonidan xabardor qilinadi.

Shuningdek, hukumat qarori bilan moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotida GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etilishi belgilangan.

Bunda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlari har yili o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda oliy ta’lim tashkiloti grantini taqdim etadi.

Bunda oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA ko‘rsatkichi:

  • 3,3 - 3,39 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 20 foizi;
  • 3,4 - 3,49 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi;
  • 3,5 - 3,59 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 40 foizi;
  • 3,6 - 3,69 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi;
  • 3,7 - 3,79 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 60 foizi;
  • 3,8 - 3,89 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 70 foizi;
  • 3,9 - 3,99 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 80 foizi miqdoridagi qismi ushbu oliy ta’lim tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda talabgorlar o‘z arizalari bilan har yili 20 iyulga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Natijalar har yili 5 sentabrga qadar e’lon qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qo‘shimcha davlat granti va OTM granti natijalari qachon e’lon qilinadi?