Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan AQSH prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Turli darajalarda samarali aloqalar davom etayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Xavfsizlik sohasida, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish borasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

AQSH an’anaviy ravishda O‘zbekistonning muhim iqtisodiy hamkori hisoblanadi. 2024-yilda tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga ko‘paydi. Loyihalar portfeli 11 milliard dollardan oshgan.
Joriy yil iyun oyida o‘tkazilgan Toshkent investitsiya forumida AQSHning 100 dan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etdi.
Mineral resurslar, aviatsiya, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, moliya, innovatsiyalar, ta’lim va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.
«S5+1» formati doirasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish muhim ekani ta’kidlandi.
Bo‘lajak muloqotlar va qo‘shma tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar