O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkanni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etgan qayg‘uli kunlarda O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdarlik bildirgani va qo‘llab-quvvatlagani uchun Britaniya hukumatiga samimiy minnatdorlik izhor etdi. Alan Dunkan Samarqandga tashrifi chog‘ida Buyuk Britaniya rahbariyati nomidan Birinchi Prezidentimiz qabrini ziyorat qilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirgani O‘zbekistonda yuksak qadrlanadi.
O‘zbekiston Buyuk Britaniyani jahon siyosati va iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadigan davlat, deb biladi va siyosiy, iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ushbu mamlakat bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, xalqaro maydonda, jumladan, mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratadi.
Alan Dunkan, o‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyevni Prezident saylovida ishonchli g‘alaba qozongani bilan muborakbod etdi. Buyuk Britaniya davlatimiz rahbari boshlagan islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashi va O‘zbekistonning yangi rahbariyati bilan O‘zbekiston – Britaniya o‘rtasidagi serqirra hamkorlikni mustahkamlash va yanada kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligining barcha yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida bugungi kunda ulkan imkoniyatlar mavjud bo‘lgan savdo-iqtisodiy va investisiya sohalaridagi hamkorlikni faollashtirish yanada muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Ayni paytda O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida Buyuk Britaniya kapitali ishtirokida tuzilgan 544 korxona faoliyat yuritmoqda.
Joriy yil 17 noyabr kuni Britaniyaning 30 dan ortiq kompaniyasi vakillari ishtirokidagi O‘zbekiston – Buyuk Britaniya savdo va sanoat kengashining 23-majlisi samarali o‘tdi. Uning yakunlari mamlakatimizda barcha jabhalarda hayotga tatbiq etilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, so‘nggi yillarda biznes muhitni yaxshilash va xususiy tadbirkorlik rolini kengaytirishga qaratilgan qarorlar samarasida ushbu mamlakat etakchi kompaniyalarining jadal rivojlanib borayotgan O‘zbekiston bozoriga qiziqishi ortayotganidan dalolat beradi.
Tomonlar madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holatini, jumladan, Xalqaro Vestminster universiteti, Kembrij universiteti ishtirokidagi Yuqori texnologiyalar markazi hamda Britaniya kengashi vakolatxonasining mamlakatimizdagi faoliyatini yuqori baholadilar. O‘zbekistonda, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ingliz tilini o‘rganishga qiziqish ortib borayotgani inobatga olinib, ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.
Suhbatda O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligiga doir boshqa masalalar ham muhokama etildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi