date

Maktab direktorlari oyligi sentyabrdan 20 foizga oshiriladi

Maktab direktorlari oyligi sentyabrdan 20 foizga oshiriladi

Joriy yilda Prezident tomonidan imzolangan “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga ko‘ra, maktab va maktabgacha ta’lim sohasidagi rahbarlar uchun katta ijtimoiy o‘zgarishlar kiritilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab quyidagi o‘zgarishlar amalga oshiriladi:

– Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimi uchun bazaviy tarif stavkasi 20 foizga ko‘tariladi. Bu oliyta’lim muassasalari va maktablar rahbarlari uchun oylik maoshda sezilarli o‘sish demakdir.

– Direktor o‘rinbosarlari lavozimi uchun bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshiriladi, bu esa ularning mehnat qiymatini yanada oshirishga qaratilgan choradir.

– Shuningdek, I va II guruhga kiruvchi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari lavozimi bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktor o‘rinbosarlariga moslashtiriladi. Bu qadam maktabgacha ta’lim sohasida ishlovchi rahbarlar uchun ham munosib ijtimoiy kafolat yaratadi.

Qo‘shimcha ravishda, 2026-yil 1-yanvardan boshlab direktorlar va ularning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga qarab, har oylik ustamalar ham belgilanadi. Shu jihatdan, direktorlar bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foiz, o‘rinbosarlar esa 10 foiz miqdorida qo‘shimcha ustamalarga ega bo‘ladi. Bu yangilik rahbarlarning mehnat samaradorligini rag‘batlantirish va ularning maqsadli faoliyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Maktab direktorlari oyligi sentyabrdan 20 foizga oshiriladi