date

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga amaliy tashrifi yakuniga yetdi. Tashrif davomida davlat rahbari ko‘plab xalqaro va ikki tomonlama tadbirlarda ishtirok etdi.

31 avgust kuni prezident rafiqasi bilan birga Tyanszin shahridagi “Meyszyan” kongress markazida Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy qismiga qo‘shildi.

1 sentyabr kuni esa SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “SHHT plyus” formatidagi muhokamalarda ishtirok etib, ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va tashkilot ishini yanada samarali yo‘lga qo‘yish uchun qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

2 sentyabrda Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan rasmiy muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasida amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan ko‘plab muhim hujjatlar imzolandi.

Shu kuni Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ham muloqot o‘tkazib, o‘zaro aloqalarning dolzarb jihatlarini muhokama qildi. Shuningdek, Xitoy Bosh vaziri Li Syan, qator xorijiy delegatsiya rahbarlari va yirik biznes doiralar vakillari bilan samarali uchrashuvlar amalga oshirildi.

3 sentyabr kuni esa davlat rahbari Pekinda Ikkinchi jahon urushi yakunlanganiga 80 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali g‘alaba paradida qatnashdi.

Tashrif dasturi yakunlanganidan so‘ng prezident va rasmiy delegatsiya Toshkentga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonlarni Xitoy davlat arboblari samimiy kuzatib qo‘ydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi