Mazkur tantana munosabati bilan konsert dasturlari bo‘lib o‘tdi. Unda Hosila Rahimova, Matkarim Matjonov, Mirza Azizov, Fathulla Sa’dullaev va qator taniqli san’atkorlar ishtirok etdi. Dasturdan o‘rin olgan quchoq urishtirish, xo‘roz urushtirish musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Kurash bo‘yicha ham musobaqalar bo‘ldi. Bosh sovrin bitta nor tuya va bitta toyni g‘uzorlik polvon Sherali Jo‘raev, surxondaryolik raqibini halol engib, qo‘lga kiritdi. Keyin dasturdan o‘rin olgan asosiy tomosha - ko‘pkari musobaqasi o‘tkazildi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan aytilgan bosh sovrin - “Jentra” avtomashinasini Chiroqchi tumani, Jar qishlog‘idan Elmurod polvon Oqchovadan Shodi hojining Jiyron oti bilan oldi. Bosh sovrinni viloyat hokimi shaxsan o‘zi topshirdi. Viloyat hokimi nomidan aytilgan 1 tuya, 1 toy, 1 ho‘kiz, 1 qo‘chqor, 1 gilamga bosh sovrinni qo‘lga kiritgan g‘olibning akasi Yo‘lchi polvon ega chiqdi. Chiroqchi tuman hokimi nomidan aytilgan 1 tuya, 1 toy, 4 qo‘chqorni chiroqchilik Shaymi polvon yutib oldi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar