date

Dunyoda yangiliklar o‘qishdan voz kechayotganlar soni rekord darajaga yetdi

Dunyoda yangiliklar o‘qishdan voz kechayotganlar soni rekord darajaga yetdi

Dunyo bo‘yicha aholi orasida yangiliklardan uzoqlashib, ularni muntazam kuzatishni to‘xtatib qo‘yish holati rekord darajaga yetishi kuzatilmoqda. Yaqinda Reuters jurnalistikani o‘rganish instituti, Oksford universiteti qoshidagi tadqiqotda shu masalaga alohida e’tibor qaratdi. Respondentlar orasida bunday odatni qabul qiluvchilar soni bugungi kunda 40 foizga yetib, 2017-yildagi 29 foizlik ko‘rsatkichdan sezilarli darajada oshganligi ma’lum bo‘ldi.

So‘rovnoma ishtirokchilari yangiliklardan uzoqlashish sabablarini asosan salbiy kayfiyatga ta’sir ko‘rsatishi, doimiy va uzluksiz xabar oqimi natijasida charchash, urushlar va turli falokatlarga ortiqcha diqqat qaratilishi hamda voqealarga ta’sir qila olmaslik hissi bilan izohlagan.

Britaniyalik Julian Berret pandemiya davrida ma’lum tartibda axborot maydonini tark etgan. U barcha OAV ilovalarini o‘chirib tashlagan va Reddit platformasida yangiliklardan voz kechishning ijobiy va salbiy taraflari bo‘yicha muhokama guruhini ham ochgan.

Shu bilan birga, hamma foydalanuvchilar ham bunday keskin qadamga tayyor emas. Ayrimlar faqat sarlavhalarni kuzatish bilan cheklanadi, boshqalar esa tanlab olingan va ishonchli OAVga obuna bo‘lib, haftasiga bir marta umumiy ma’lumotlar bilan tanishadi, deyiladi tadqiqotda.

Tadqiqot hammualliflari va “Yangiliklardan qochish” kitobi mualliflarining qayd etishicha, yangiliklardan uzoqlashish odatda yoshlar, ayollar va past ijtimoiy-iqtisodiy qatlamlar orasida ko‘proq uchraydi. Shuningdek, bu holat mamlakatlarga ham bog‘liq. Masalan, Buyuk Britaniyada 46 foiz, AQSHda esa 42 foiz fuqarolar axborotdan uzoqlashgan holda yangiliklardan voz kechmoqda.

Minnesota universiteti qoshidagi Jurnalistika markazi direktori Benjamin Toff ta’kidlaganidek, “Biz 24/7 yangiliklarni kuzatish imkoniga ega bo‘lgan va istalgan vaqtda axborot oqimiga kirib borish mumkin bo‘lgan dunyoda yashayapmiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dunyoda yangiliklar o‘qishdan voz kechayotganlar soni rekord darajaga yetdi