Jamiyatda uchrab turuvchi muammolar, avvalo, davlat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladi. Agar u tabiiy bo‘lsa, mayliga, ammo mavjud imkoniyatlardan samarali foydalana bilmaslik yoki rahbarlarning o‘z mansabiga sovuqqonlik bilan yondashishlari, sansolarlik, byurokratizm alomatlari singari illatlar sabab paydo bo‘lgan bo‘lsa, bunga, albatta, kimdir aybdor bo‘ladi.
O‘zbekistonning chekka hududlarida uchrab turayotgan ayrim muammolar, xususan, aholini toza ichimlik suvi, elektr ta’minoti va tabiiy gaz bilan ta’minlash singari vazifalar kerak va zarur vaqtida amalga oshirilmayapti. Bunga kimnidir aybdor qilish bizning yumushimiz emas, zero xalq vakillarining o‘zi bunga o‘z baholarini berishmoqda.
Saytimizga yo‘llangan maktub ana shu mavzuda so‘z yuritishimizga sabab bo‘ldi, deyiladi "Kun" nashrida. E’tiboringizga mazkur xatni asl holicha taqdim etamiz, xulosa chiqarish esa sizdan.
“Assalomu alaykum, hurmatli kun.uz tahririyati. Men O‘zbekistonning eng chekka hududlaridan bo‘lmish Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, Do‘stlik mahallasida yashayman. Bu xatni yozishimdan maqsad Qumqo‘rg‘on tumani, shahar va qishloqlar aholisi elektr ta’minotisiz qanchalik qiynalishayotganini aytib o‘tmoqchiman.
Asos shuki, biror yumush bilan bankka borsangiz, elektr toki yo‘qligi sabab odamlarning, tadbirkorlarning ishi orqaga suriladi, soatlab kutishga to‘g‘ri keladi. Nafaqat men balki butun Qumqo‘rg‘on xalqi shu narsadan aziyat chekadi. Nahotki butun shaharni elektr tokisiz qoldirish insofdan bo‘lsa? Mahalla oqsoqollari va boshqa mutasaddi tashkilot vakillarining bu holat bilan ishi yo‘q. Chunki bu manzaraga o‘rganib qolishgan. Shahrimiz yo‘llari dahshatli darajada zimiston.
Toshkentdan biror tekshirish kelsa, faqat shaharning yangi qismiga yoki shahar hokimiyati tomonga boradi. Shahardagi ahvol bilan hech kimning ishi yo‘q. Mahalliy aholi bu muammolarni hal qilish uchun yuguraverib charchadi. Elektr ta’minoti bo‘yicha tegishli idoraga qo‘ng‘iroq qilinsa, “biz energiyani tejayapmiz”, deyishadi. Xalqni qorong‘uda qoldirib, azoblab tejashdan nima naf? Endi bir ochiq gapni aytsam, mening bu iltimosimni shahar hokimi eshitmaydi ham. Chunki u “ulug‘ inson”ning vaqti yo‘q. Xalqning dardini eshitmaydi. Axir qayerda bo‘lsa ham rahbar zoti o‘z xalqi uchun farovon hayot qurishi kerak emasmi? Qachongacha bizning tumanimiz, balki Surxondaryoning chekka tumanlari nursizlikdan aziyat chekadi? Surxondaryo xalqi bilan hech kimning ishi yo‘qmi?
Bu gaplar o‘z kuchini ko‘rsatmas, ammo O‘zbekistonning boshqa hududlarida yashovchi odamlar hech bo‘lmasa Qumqo‘rg‘ondagi holatni bilib oladilar. Ishonamanki, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da bu muammolarning barchasi barham topadi”.
Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni Navoiy viloyati hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Erkinjon Oqbo‘taevich Turdimov Surxondaryo viloyatiga yangi hokim etib tayinlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi