date

Joriy yilda 1,7 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Koreyaga ketdi

Joriy yilda 1,7 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Koreyaga ketdi

Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 18,6 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik va turli maqsadlarda Koreya Respublikasiga safar qilgan. Bu raqamlar ko‘rsatadiki, mamlakat fuqarolari Koreyaga safar qilishga yanada qiziqish bildirmoqda, va bu tendensiya jadal o‘sishda.

Ma’lumotlarga nazar solganda, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,4 ming nafarga yoki 51,8 % ga oshgani ma’lum bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichlar O‘zbekistonliklar orasida xorijga, ayniqsa Koreyaga safar qilish istagi sezilarli darajada kuchayganini ko‘rsatadi.

Joriy yilning 7 oyi davomida Koreyaga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Sayyohat maqsadida – 12 836 nafar,

Qarindoshlarni ziyorat qilish maqsadida – 3 734 nafar,

O‘qish maqsadida – 1 789 nafar,

Xizmat yuzasidan – 224 nafar,

Davolanish maqsadida – 33 nafar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Joriy yilda 1,7 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Koreyaga ketdi