Toshkent shahar hokimligi Ochiq ma’lumotlar portali orqali e’lon qilgan statistikaga ko‘ra, 2018-yildan 2025-yilning avgust oyiga qadar Respublika bo‘yicha umumiy 32 028 ta yo‘l-transport hodisalari (YTH) qayd etilgan. Bu ko‘rsatkichlar poytaxtdagi yo‘l harakati xavfsizligi va transport tizimi bilan bog‘liq holatlarni to‘liq namoyon qiladi.
Muttaxassislar qayd etishicha, 2018-2024-yillar davomida yillik o‘rtacha qiymat, ya’ni yil davomida 4 350 ta YTH sodir bo‘lishiga nisbatan, 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich 10,02 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkichlar ayniqsa 2023-yil 1-aprelidan kuchga kirgan yangi qoidalar — shaharlarda harakat tezligini 70 km/soatdan 60 km/soatga tushirish — natijasida yanada o‘sgani bilan e’tiborli.
Agar yillar kesimida ko‘zdan kechirsak, 2021-yilda poytaxtda 3 452 ta YTH sodir bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda bu raqam 5 094 taga, 2023-yilda 4 733 taga, 2024-yilda esa 5 008 taga yetgan. 2025-yilning yanvar-avgust oylari orasida esa YTHlar soni 4 350 taga yaqinlashgan. Joriy yilning aprel-iyul oylarida esa har oyda poytaxtda yo‘l-transport hodisalari soni 630-640 ta atrofida bo‘lgan.
Hodisalarning geografik taqsimoti ham ahamiyatlidir. 2018-2025-yillarda poytaxt tumanlari kesimida YTHlar soni quyidagicha qayd etilgan:
1. Yunusobod – 4 232 ta;
2. Chilonzor – 4 214 ta;
3. Yashnobod – 3 219 ta;
4. Mirzo Ulug‘bek – 3 136 ta;
5. Shayxontohur – 2 917 ta;
6. Olmazor – 2 806 ta;
7. Uchtepa – 2 594 ta;
8. Seregli – 2 322 ta;
9. Mirobod – 2 161 ta;
10.Yakkasaroy – 1 719 ta;
11.Bektemir – 1 596 ta;
12.Yangihayot – 1 041 ta;
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!