date

Endilikda O‘zbekiston maktablarida xitoy tili o‘rgatiladi

Endilikda O‘zbekiston maktablarida xitoy tili o‘rgatiladi

O‘zbekistondagi oliygoh, texnikum va maktablarda endi xitoy tili ham rasman o‘qitiladi. Bu haqda 9-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi. Mamlakat rahbari ta’kidlaganidek, bu qadam yosh avlodni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ularga doimiy daromad manbaini ta’minlash va kambag‘allik hamda ishsizlik darajasini kamaytirishga xizmat qiladi.

“Meni tashvishga solayotgan asosiy masala – yoshlarimizni kasb-hunarli qilish va ularga barqaror daromad topish imkoniyatini yaratish. Agar bu jarayonni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, mahallada kambag‘al va ishsiz qolmaydi”, – dedi Prezident yig‘ilishda.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik doirasida davlat rahbari Xitoyga tashriflari davomida energetika, geologiya, kimyo, transport, qishloq xo‘jaligi va suv resurslari sohalaridagi yirik kompaniyalar rahbarlari bilan 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi tuzilganini ham ma’lum qildi. Bu loyihalar uchun texnologiyalar va xitoy tilini yaxshi bilishga ega bo‘lgan minglab malakador kadrlar zarurligi ta’kidlandi.

Shu maqsadda har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi” tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bu markazlar orqali yoshlar xitoy tajribasi va zamonaviy texnologiyalar asosida kasbga o‘rgatiladi.

Hozirda oliygohlar, texnikumlar va maktablarda xitoy tilini o‘qitish uchun 100 dan ortiq til egasi va volontyorlar jalb qilinadi. Ushbu qadam nafaqat ta’lim tizimini rivojlantirishga, balki kelgusida mamlakatdagi yirik investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur kadrlarni tayyorlashga ham xizmat qiladi, deb xabar berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Endilikda O‘zbekiston maktablarida xitoy tili o‘rgatiladi