date

Kamchatkada kuchli zilzila: o‘zbekistonliklarga rasmiy ogohlantirish

Kamchatkada kuchli zilzila: o‘zbekistonliklarga rasmiy ogohlantirish

19 sentyabr kuni Rossiyaning Kamchatka mintaqasi qirg‘oqlari yaqinida Tinch okeanida 7,2 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Petropavlovsk-Kamchatskiy va Vilyuchinsk shaharlarida yer qimirlashi 7 ballgacha sezildi, hududda sunami xavfi e’lon qilindi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumoticha, hozircha qurbonlar yoki katta vayronalar qayd etilmagan. Hududdagi favqulodda xizmatlar yuqori tayyorgarlik holatiga o‘tkazilib, xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi fuqarolarga rasmiy murojaat qildi. Konsulxona o‘zbekistonliklarga Favqulodda vaziyatlar xizmati ko‘rsatmalarini qat’iy bajarish, xotirjamlikni saqlash va zarurat tug‘ilganda quyidagi raqamlar orqali aloqa qilishni tavsiya etdi:

+7 (423) 260-48-00

+7 (902) 078-70-07

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kamchatkada kuchli zilzila: o‘zbekistonliklarga rasmiy ogohlantirish