date

Shavkat Mirziyoyev AQSHga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev AQSHga yetib bordi

20-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida ishtirok etish maqsadida AQSHning Nyu-York shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Davlatimiz rahbari Nyu-Yorkka yetib kelganida uni J.F. Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda AQSH Prezidenti ma’muriyatining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Amerika–O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lamm hamda boshqa rasmiy shaxslar samimiy kutib oldi.

Tashrif doirasida Prezident Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi umumiy munozaralarida nutq so‘zlashi kutilmoqda. Shuningdek, u qator xorijiy davlatlar yetakchilari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va yirik moliyaviy institutlar boshqaruvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari AQSHning yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida davra suhbatida qatnashadi. Shu bilan birga, yirik transmilliy korporatsiyalar rahbarlari bilan ham muloqotlar tashkil etilib, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari muhokama qilinadi.

Mutaxassislar fikricha, Prezidentning ushbu tashrifi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlaydi va mamlakatning global masalalardagi faol ishtirokini ta’minlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev AQSHga yetib bordi