date
views 7 391

“O‘ztransgaz”ga yangi rahbar tayinlandi

“O‘ztransgaz”ga yangi rahbar tayinlandi

“O‘ztransgaz”AK boshqaruv raisiligiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, “O‘ztransgaz” AK boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan Mahmudov Shukurullo Nasimxonovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruviga Shoismatov Ergash Rahmatullaevich yangi rais etib tayinlangan.

Ergash Shoismatov Toshkent shahrida 1951 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Toshkent politexnika instituti bitiruvchisi hisoblanadi. U avval “O‘zbekenergo” aksiyadorlik kompaniyasi raisi bo‘lib ham ishlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “O‘ztransgaz”ga yangi rahbar tayinlandi