date

Sergelida yo‘l yopilishi sabab avtobus yo‘nalishlari o‘zgaradi

Sergelida yo‘l yopilishi sabab avtobus yo‘nalishlari o‘zgaradi

Toshkent shahri Sergeli tumanida Qumariq ko‘chasi 2–15 oktyabr kunlari vaqtincha yopiladi. Bu Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan diametri 325 mm bo‘lgan, uzunligi 1000 metrga yetgan issiqlik quvurlarini almashtirish ishlari bilan bog‘liq.

Shu munosabat bilan poytaxt transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi bir nechta avtobus yo‘nalishlariga o‘zgarishlar kiritilishini ma’lum qildi:

61-yo‘nalish: A.S. Banokatiy – G. Aliyev – Temiryo‘lchilar – Kichik halqa yo‘li – Bobur ko‘chalari orqali;

106-yo‘nalish: Sarako‘l – Kichik halqa yo‘li – Bobur ko‘chalari bo‘ylab;

40-yo‘nalish: Bobur – Kichik halqa yo‘li – Turkiston – Toshkent vokzali – Temiryo‘lchilar – A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali RЕT zavodi bekatigacha;

66-yo‘nalish: Qumariq – Bobur – Kichik halqa yo‘li – Turkiston – Toshkent vokzali – Mehrjon – 8 Mart – Eski Sarako‘l – Yangi Zamon – Sarako‘l – A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali RЕT zavodi bekatigacha;

52-yo‘nalish: Lokomotiv ko‘chasi – Toshkent vokzali bekatlari oralig‘ida harakatlanadi.

Yo‘lovchilardan safarlarni oldindan rejalashtirish so‘raldi. Ma’muriyatning ta’kidlashicha, ta’mirlash ishlari davrida yo‘llarda ma’lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Zarur holatlarda avtobus yo‘nalishlariga qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilishi ham ehtimol.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sergelida yo‘l yopilishi sabab avtobus yo‘nalishlari o‘zgaradi