Toshkentdagi “O‘rikzor” bozorida sotilayotgan Xitoyda ishlab chiqarilgan “Nawas” radiatorida nazorat xaridi o‘tkazildi. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi inspeksiya tekshiruvi natijasida mahsulot amaldagi standartlarga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.
Sinovlarda alyuminiy radiator devorining suv bilan tutashuvchi qismi belgilangan 1,5 mm o‘rniga 1,42 mm ekani aniqlangan. Shuningdek, ishlab chiqaruvchi ko‘rsatgan talab bo‘yicha 2,5 baravar yuqori bosimdagi mustahkamlik sinovida ham radiator talabga javob bermadi.
Me’yorga ko‘ra, mahsulot 4,5 MPa bosimga chidamli bo‘lishi lozim edi. Biroq u 4,0 MPa bosimdayoq yorilib ketgan.
Shu sababli, mazkur mahsulotning O‘zbekistonga olib kirilishi taqiqlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar