10 378
Ombudsmanning yangilangan rasmiy sayti, virtual qabulxonasi va «Ishonch telefoni» taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning yangilangan rasmiy veb sayti (www.ombudsman.uz) va uning virtual qabulxonasi, shuningdek, «Ishonch telefoni»ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Internet-sayt zamonaviy rivojlangan axborot-kommunikasiya sohasidagi barcha tendensiyalarni o‘z ichiga olgan. Jumladan, u o‘zida Ombudsmanning virtual qabulxonasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot hamda inson huquq va erkinlarini amalga oshirishga oid savollarga javoblarni qamrab oladi. Virtual qabulxona orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar murojaat qilishi mumkin.
Sayt orqali Ombudsmanning fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti natijalari, qonunchilikni takomillashtirish, huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati yuzasidan muntazam ravishda axborot berib boriladi.
Saytda Ombudsman Kotibiyati va Ombudsmanning mintaqaviy vakillarining manzillari va telefon raqamlari, fuqarolarni qabul qilish kunlari va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar joy egallagan. Sayt materiallaridan o‘zbek, rus va ingliz tillarida, shuningdek, ko‘rish imkoniyati cheklangan fuqarolar foydalanishlari mumkin.
Yangilangan internet-sayt EXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori yordamida tayyorlandi.
Shuningdek, tadbir davomida Ombudsmanning murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha «Ishonch telefoni» ochilgani e’lon qilindi. Ariza, shikoyat va takliflar (0371) 200-10-96 va qisqa 1096 (respublika miqyosida bepul) telefon raqamlari orqali berilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi