O‘zbekistonda ta’lim olish uchun kelgan xorijlik talabalar sonining shu yilning so‘nggi 8 oyidagi ma’lumotlari e’lon qilindi. Milliy statistika qo‘mitasining xabar berishicha, mazkur davrda mamlakatga ta’lim olish maqsadida 14 216 nafar chet eldan talabalar kirib kelgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli ravishda o‘sgan bo‘lib, 3 179 nafarga ko‘p bo‘lib, o‘sish sur’ati 28,8 foizga yetgan.
Xorijdan kelgan talabalar soni bilan O‘zbekiston ta’lim sohasida keng tarqalayotgan xalqaro e’tiborni yaqqol ko‘rsatadi. Eng ko‘p talabalar Turkmanistondan kelgan, ularning soni 4 603 nafarni tashkil etadi. Eng kam talabalar esa Janubiy Afrika Respublikasidan kelgan bo‘lib, ularning soni 98 nafar.
Ta’lim olish uchun O‘zbekistonga kelgan xorijlik talabalarning kelib chiqish davlatlari bo‘yicha ma’lumotlar shunday taqsimlanadi:
Turkmaniston — 4 603 nafar
Hindiston — 3 477 nafar
Tojikiston — 1 392 nafar
Xitoy — 710 nafar
Pokiston — 700 nafar
Janubiy Koreya — 553 nafar
Qirg‘iziston — 333 nafar
AQSH — 319 nafar
Filippin — 245 nafar
Turkiya — 233 nafar
Afg‘oniston — 226 nafar
Misr — 203 nafar
Rossiya — 121 nafar
Buyuk Britaniya — 110 nafar
Janubiy Afrika Respublikasi — 98 nafar
Boshqa davlatlar — 893 nafar
Shuningdek, 2024/2025 o‘quv yili boshiga ko‘ra, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etayotgani haqida xabar berilgan edi. Bu o‘rinda ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda xorijdan kelgan talabalarning soni har yili o‘sib bormoqda, bu esa mamlakatning xalqaro ta’lim maydonidagi nufuzining ortishiga olib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!