date

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga amaliy tashrif bilan boradi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga amaliy tashrif bilan boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga ko‘ra 6–7-oktyabr kunlari ushbu mamlakatga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammitida ishtirok etadi. Ushbu yig‘ilish “Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” mavzusida o‘tkaziladi va tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari kun tartibiga kiritilgan.

Sammitda siyosat, savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, gumanitar va boshqa ustuvor sohalardagi amaliy hamkorlik istiqbollari muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro siyosatning dolzarb jihatlari bo‘yicha ham fikr almashadilar.

Sammit yakunida tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida qator qo‘shma qarorlar va hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga amaliy tashrif bilan boradi