
“Yashil qalqon” loyihasi bo‘yicha Buxoro viloyatidagi 197 ming gektar maydonga butasimon daraxtlar ekiladi. Bu loyiha Qizilqum cho‘lidagi ekologik holatni bir maromda saqlab qolishga qaratilgan.
Davlat o‘rmonchilik xo‘jaligining Buxoro viloyati bo‘yicha markazi boshlig‘i Abdurazzoq Boboqulovning ma’lum qilishicha, 2020 yilgacha viloyat hududida 1 millionga yaqin saksovul ko‘chatlari o‘tqaziladi.
Uning aytishicha, oxirgi 14 yil davomida Buxoro viloyati hududidagi 81,5 ming gektar maydonda “Yashil qalqon” loyihasi doirasida buta va daraxtlar ekish ishlari amalga oshirilgan.
“Pravda Vostoka” gazetasida qayd qilinishicha, bu ishlar viloyatdagi tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar