date

Haftaning boshida mamlakat bo‘ylab qanday ob-havo kuzatilmoqda?

Haftaning boshida mamlakat bo‘ylab qanday ob-havo kuzatilmoqda?

O‘zgidromet 13–16-oktyabr kunlariga mo‘ljallangan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Tahlillarga ko‘ra, hafta boshida mamlakat bo‘ylab iliq va yomg‘irsiz ob-havo kuzatiladi. Ayrim hududlarda shamol kuchayishi hamda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida osmon biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 5–10 daraja, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ob-havo barqaror bo‘lib, yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. Ayrim joylarda shamol kuchayishi va chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 25–30 daraja, haftaning ikkinchi yarmida esa 24–29 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham osmon biroz bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 10–15 daraja, kunduzi 23–28 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, lekin quyoshli kunlar ustun bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 27–32 daraja, keyinchalik 25–30 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham yomg‘ir kutilmaydi. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 23–28 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo salqin va barqaror bo‘ladi. Havo harorati kechasi 5–10 daraja, kunduzi 18–23 daraja, shamol esa 7–12 m/s tezlikda esishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Haftaning boshida mamlakat bo‘ylab qanday ob-havo kuzatilmoqda?