date

Sobiq deputat tergovga kelmagani uchun majburan olib kelindi

Sobiq deputat tergovga kelmagani uchun majburan olib kelindi

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro, sobiq deputat Olimjon Sulaymonovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bo‘yicha ish yuritilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sulaymonov tergov organlari tomonidan bir necha bor chaqiruv qog‘ozi orqali rasman chaqirilgan bo‘lishiga qaramasdan, qasddan kelmaslikni afzal ko‘rgan.

Shu sababli, 14 oktyabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar uni qonuniy asosda majburan tergov jarayoniga keltirdi. Hozirda mavjud jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari faol davom ettirilmoqda.

Shu bilan birga, rasmiy idoralar ayrim ijtimoiy tarmoq faollariga murojaat qilib, tergov jarayoniga ta’sir o‘tkazish yoki ish jarayoniga aralashish internet orqali amalga oshirilsa, bu holat qonun oldida javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligini eslatib o‘tdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sobiq deputat tergovga kelmagani uchun majburan olib kelindi