date

Mamlakatda pensiya oluvchilar soni keskin ko‘paydi

Mamlakatda pensiya oluvchilar soni keskin ko‘paydi

O‘zbekistonda pensiya tizimi qamrovi tobora kengaymoqda. Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1 oktyabr holatida mamlakat bo‘ylab jami 4 million 241,8 ming nafar fuqaro pensiya oluvchi sifatida ro‘yxatga olingan.

Shulardan 3 million 514,1 ming nafari — yoshga doir pensiya oluvchilar, 482,1 ming nafari — nogironlik bo‘yicha pensiya oluvchilar, 245,6 ming nafar oila esa boquvchisini yo‘qotganlik sababli davlat yordami oluvchilar hisoblanadi. Bu raqamlar mamlakat aholisining qariyb har o‘nta kattasidan biri pensiya tizimi orqali ijtimoiy kafolat bilan ta’minlanganini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida eng ko‘p pensiya oluvchilar Farg‘ona viloyatida qayd etilgan — 500,8 ming nafar. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati (451,6 ming), Toshkent shahri (380,4 ming) va Toshkent viloyati (383,1 ming) turibdi. Shu bilan birga, Andijon viloyatida 399 ming, Qashqadaryoda 381,4 ming, Surxondaryoda 285,2 ming, Buxoroda 268,6 ming, Xorazmda 235,4 ming, Qoraqalpog‘istonda 226,7 ming, Namanganda 333,2 ming, Jizzaxda 145,2 ming, Navoiyda 142,1 ming pensiya oluvchi mavjud.

Eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida kuzatilgan — 108,9 ming nafar fuqaro. Mutaxassislar bu farqni hududlar aholisi soni, mehnat bozoridagi faollik va demografik o‘zgarishlar bilan izohlamoqda.

Shuningdek, hozirda mamlakatda pensiya to‘lovlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Bu jarayon nafaqa oluvchilar uchun qulaylik yaratish, korrupsiya holatlarini oldini olish va to‘lov tizimining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan.

Pensiya jamg‘armasi ma’lumoticha, oktyabr oyidan boshlab pensiyalarni naqd shaklda olish jarayoni fuqarolarning Face-ID orqali biometrik identifikatsiyasi orqali amalga oshirila boshlagan. Bu yangilik orqali to‘lovlarni tez, xavfsiz va shaxsiy tarzda qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda mamlakatda pensiya tizimini modernizatsiya qilish, raqamli yechimlarni joriy etish va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yo‘nalishida sezilarli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘zgarishlar nafaqat pensiya oluvchilar, balki kelgusida tizimga qo‘shiladigan fuqarolar uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mamlakatda pensiya oluvchilar soni keskin ko‘paydi