date

Yaqin o‘n yillikda qaysi kasblar ustuvor bo‘ladi?

Yaqin o‘n yillikda qaysi kasblar ustuvor bo‘ladi?

Sun’iy intellektning, ayniqsa ChatGPT kabi ilovalarning rivojlanishi mehnat bozorida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Ayrim kasblar avtomatlashsa-da, texnologik taraqqiyot va ijtimoiy jarayonlar yangi ish o‘rinlarini ham yaratmoqda.

Masalan, elektron tijorat chakana savdoda ishchi kuchini qisqartirgan bo‘lsa, transport va logistika sohalarida talabni oshirdi. AQSH Mehnat statistikasi byurosiga ko‘ra, bu yo‘nalish 2034-yilgacha 580 mingga yaqin yangi ish o‘rni bilan eng tez o‘suvchi tarmoqlardan biriga aylanadi.

Eng katta o‘sish sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida kutilmoqda. Demografik o‘zgarishlar, aholining qarishi va surunkali kasalliklar ko‘payishi tufayli bu yo‘nalishda 1,7 milliondan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi prognoz qilingan.

Shuningdek, uy sharoitida parvarish va shaxsiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga talab ortib, 740 ming yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Hamshiralar, tibbiy xizmat menejerlari va amaliyotchi hamshiralar ham eng talabgir kasblar qatorida bo‘ladi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, yaqin o‘n yillikda inson omilini talab qiluvchi — ya’ni muloqot, ijodkorlik va hissiyotga asoslangan kasblar eng barqaror bo‘ladi. Shu sabab, yoshlar uchun texnologiya bilan ishlash, tahlil qilish va strategik fikrlash kabi universal ko‘nikmalarni rivojlantirish muhim hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yaqin o‘n yillikda qaysi kasblar ustuvor bo‘ladi?