11:46 / 29.12.2016
6 865

Financial Times O‘zbekistonni 2017-yilning eng diqqatga sazovor turistik yo‘nalishlari qatoriga kiritdi

Financial Times O‘zbekistonni 2017-yilning eng diqqatga sazovor turistik yo‘nalishlari qatoriga kiritdi

Financial Times gazetasida 2017-yilda sayohat qilish tavsiya etilayotgan mamlakatlar haqida maqola e’lon qilindi. Bu ro‘yxatga eng diqqatga sazovor to‘qqiz davlat kiritilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston 2-o‘rinda qayd etilgan, deb xabar beradi Daryo nashri.

Reyting sayyohlik sanoatining Wild Frontiers, KE Adventure Travel, Discover the World, Ampersand Travel, Oetker Collection, Red Savannah, Cazenove and Loyd kabi mashhur kompaniyalari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan so‘rov natijalari asosida tuzilgan.

Maqola mualliflari turistlarga agar butun Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayohat qilish imkoni bo‘lmasa, O‘zbekistonga safar qilishni tavsiya etgan. Chunki mamlakatda bu tarixni o‘zida aks ettirgan barcha jihatlar — Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent kabi shaharlar, qadimiy karvonsaroy va nodir obidalar, sahro manzarasi, otda va tuyada sayohat qilish imkoniyatlari bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Financial Times O‘zbekistonni 2017-yilning eng diqqatga sazovor turistik yo‘nalishlari qatoriga kiritdi