
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, noyabr oyi bu yil sovuq va nam ob-havo bilan boshlanadi.
3-noyabrdan shimoliy hududlarga, 4-noyabrdan esa butun mamlakat bo‘ylab sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda idora rasmiy xabar berdi.
3–5 noyabr kunlari ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda qor kuzatiladi.
4–7-noyabrda harorat kechasi 0–3 daraja iliq yoki ayrim joylarda 0–3 daraja sovuq, kunduzi esa 8–13 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Noyabr oxirigacha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi — ayrim kunlari iliq, ba’zilarida esa salqin va shamolli havo kuzatiladi.
Sinoptiklar oylik o‘rtacha harorat me’yordan 1–1,5 daraja past bo‘lishini qayd etmoqda.
Oyning ikkinchi yarmida asosan yomg‘ir ko‘rinishida yog‘ingarchilik kutilmoqda.
Noyabr tabiatning sukunat va sovuqlikka qadam qo‘ygan oyi bo‘ladi — havo issiqlikni uzatib, qish fasliga yo‘l ochadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!