date

Jizzaxda kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh qilindi

Jizzaxda kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zafarobod tumani bo‘limi va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.A. tomonidan tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan «Slimming 30» dori vositasining 1 800 qismi 3,6 million so‘m evaziga sotilgani aniqlangan.

Shunga o‘xshash boshqa bir tadbir davomida, Mirzacho‘l tumani bo‘limi va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirokida fuqaro J.M. tomonidan «Omnadren 250» dori vositasining 14 qutisi noqonuniy ravishda sotilgani fosh etildi.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (Kuchli ta'sir qiluvchi moddalar, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar bo‘lmagan zaharli vositalarni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish yoki noqonuniy muomalaga kiritish) bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jizzaxda kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh qilindi