date

Toshkent viloyatida psixotrop dori vositalari topildi

Toshkent viloyatida psixotrop dori vositalari topildi
Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati tomonidan ma'lumot berilishicha, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida YPX xodimlari tomonidan "Onix" avtomobili to'xtatilib tekshirilgan. Mazkur tekshiruv "Sog'lom avlod – xavfsiz jamiyat" operativ-profilaktik tadbirlari doirasida amalga oshirilgan.

Tekshiruv davomida ma'lum bo'lishicha, avtomobil ichida ikki fuqaro kuchli ta'sir qiluvchi psixotrop dori vositalarini tashish bilan shug'ullangan. Voqea joyida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, dori vositalari ekspertizaga yuborilgan.

Ekspertiza natijalariga ko'ra, fuqarolarning harakatlariga qonuniy baho beriladi. Ular O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Kuchli ta'sir qiluvchi moddalar yoki psixotrop vositalar savdosi va noqonuniy muomalasi" moddasiga binoan javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent viloyatida psixotrop dori vositalari topildi