date

Termiz aeroportida qadimiy tangalarni olib chiqish urinishiga chek qo‘yildi

Termiz aeroportida qadimiy tangalarni olib chiqish urinishiga chek qo‘yildi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, qadimgi tangalarni noqonuniy olib chiqish urinishiga chek qo'yildi. Termiz shahri aeroportidagi chegara bojxona posti xodimlari chet elga uchmoqchi bo'lgan bir fuqaroni qo'shimcha qo'l yuki tekshiruvidan o'tkazishdi.

Tekshiruv davomida uning yonida arab yozuvlari bilan bezatilgan beshta qadimiy metall tanga borligi aniqlangan. Qayd etilishicha, fuqaro bu tangalar haqida bojxonachilarga xabar bermagan va ularni nazoratdan yashirishga uringan.

Ekspertiza xulosasiga ko'ra, ushbu tangalar XVI asrga tegishli bo'lib, ular arab yozuvida diniy matnlar va hukmdorlar nomlarini o'z ichiga oladi. Tangalar madaniy boylik sifatida e'tirof etilgan.

Hozirda ushbu moddiy dalillar Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilgan, bojxona organlari mazkur ish bo'yicha dastlabki tergov tekshiruvlarini olib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Termiz aeroportida qadimiy tangalarni olib chiqish urinishiga chek qo‘yildi