date

Prezident Mirziyoyev Qatarga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi

Prezident Mirziyoyev Qatarga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan mazkur mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tashrif doirasida davlatimiz rahbari Doha shahrida bo‘lib o‘tadigan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etadi. Sammit dunyo miqyosida barqaror rivojlanish, aholining turmush darajasini oshirish va ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalariga bag‘ishlangan.

Shavkat Mirziyoyev ushbu nufuzli anjumanda so‘zga chiqib, O‘zbekistonning ijtimoiy siyosat, ta’lim, tibbiyot va aholini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida amalga oshirayotgan islohotlariga oid fikrlarini bayon etishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, tashrif dasturida oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan. Davlat rahbarining Qatar amaldorlari bilan muloqoti chog‘ida iqtisodiy hamkorlik, investitsiya loyihalari va energetika sohasidagi qo‘shma dasturlar muhokama qilinishi mumkin.

Tashrif ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident Mirziyoyev Qatarga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi