Farg'onada yashash uyi yonib ketdi


Farg'ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, joriy yilning 6-noyabr kuni soat taxminan 21:10 da Farg'ona shahridagi "Ma'rifat" MFY hududida joylashgan yashash uyida yong'in sodir bo'lgan. Yong'in uyning ichki qismi va tom qismini qamrab olgan.
Voqea joyiga 21:13 da Favqulodda vaziyatlar vazirligining xodimlari yetib kelgan va yong'inni bartaraf etish ishlariga kirishgan. Yong'in 21:16 da lokalizatsiya qilingan va 8 daqiqa o'tib, to'liq o'chirilgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yong'indan 100 kvadrat metr maydon saqlab qolingan.
Yong'in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






























Izohlar 0
…