
Toshkent shahri hokimi Rahmonbek Usmonov 11 yanvar kuni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashdi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Qirg‘iziston elchixonasi saytida xabar qilinishicha, tomonlar ikki mamlakat poytaxtlarining savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligi masalalarini muhokama etgan.
Jumladan, qo‘shma korxonalar tashkil etish, turli sohalar, xususan, turar-joy kommunal va transport jabhalarida tajriba almashish bilan bog‘liq biznes-forumlar, davra suhbatlari o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, yaqin istiqbolda 2 davlat poytaxti madaniyat kunlarini o‘tkazishi muhokama qilingan.
O‘z navbatida Toshkent hokimi A. Ibraimovni Bishkek merligi lavozimiga tayinlagani bilan muborakbod etgan va yaqin vaqtlar ichida o‘z tabrigini yuzma-yuz ko‘rishuvda yana bir bor izhor etish niyatida ekanini aytgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar barcha yo‘nalishlarda faol hamkorlik qilishga kelishib olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar