11:49 / 20.04.2015
7 102

Qirg‘izistonda O‘zbekistonga qarashli er uchastkalari kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Qirg‘izistonda O‘zbekistonga qarashli er uchastkalari kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Qirg‘izistonning Botkent viloyati kengashiga Qadamjoy tumanidan saylangan deputat, tadbirkor Almaz Toraliev ukasi, Oqturpoq qishlog‘i raisi Alchin Toraliev va yana bir qancha hamkorlari bilan birgalikda tumandagi bir nechta er uchastkalarini kim oshdi savdosiga qo‘ydi. Tadbirkor ayni paytda O‘zbekiston hududida joylashgan Cho‘ng‘ara qishlog‘iga tegishli 4.7 gektar erni ham sotuvga qo‘ydi. Erning bir gektari uchun atigi 50 ming som belgilangan, deb yozadi Kun.uz.

12news.uz resursida keltirilishicha, bir muddat ilgari Toraliev Mingchinor qishlog‘ida ohak ishlab chiqaruvchi sex tashkil etgan. Sex faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun joriy yilning fevral oyida tadbirkor O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatini tabiiy gaz bilan ta’minlaydigan Shimoliy So‘x er osti gaz zaxiralari quvurlariga noqonuniy ravishda ulanib olgan. Ammo qo‘shni Cho‘ng‘ara qishlog‘i aholisi unga xalaqit bergan.

Cho‘ng‘araliklardan “qasos” olishni ko‘ngliga tugib qo‘ygan tadbirkor bir safar Burg‘andi kanalidan qishloqqa suv etkazadigan quvurni kesib tashlagan. Ammo bundan ham ko‘ngli to‘lmagan Toraliev Cho‘ng‘araga tegishli er uchastkalarini kim oshdi savdosiga qo‘yishga qaror qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qirg‘izistonda O‘zbekistonga qarashli er uchastkalari kim oshdi savdosiga qo‘yildi