
O‘zbekistonda ishbilarmonlar uchun yana bir katta qulaylik yaratildi. 2026 yildan “Biznesni 15 daqiqada ochish” tizimi amaliyotga joriy etilmoqda. Bu yangilik orqali tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish ancha tezlashadi va keraksiz ovoragarchiliklar bartaraf etiladi.
Yangi tartibga ko‘ra, fuqaro biznesini rasmiylashtirishga murojaat qilgan paytning o‘zida quyidagi ishlar bir vaqtning o‘zida avtomatik amalga oshiriladi:
— elektron raqamli imzo shakllantiriladi;
— bank tomonidan hisob raqami ochib beriladi;
— istakka ko‘ra ijara shartnomasi to‘g‘ridan to‘g‘ri rasmiylashtiriladi;
— kassa apparati soliq xizmatida avtomatik ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
— tegishli davlat idoralariga zarur xabarnomalar yuboriladi.
Eng qizig‘i — hozirgi 7 kunlik jarayon endi atigi 15 daqiqaga tushiriladi. Bu biznes boshlashni rejalashtirayotganlar uchun katta imkoniyat va vaqt tejash demakdir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.