date

Toshkent osmonida bayroq kuniga bag‘ishlangan dronlar tadbiri o‘tkaziladi

Toshkent osmonida bayroq kuniga bag‘ishlangan dronlar tadbiri o‘tkaziladi

Toshkentda Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan dronlar shousi bo‘lib o‘tadi. 18-noyabr kuni poytaxt bo‘ylab O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunni nishonlash doirasida keng qamrovli bayram tadbirlari tashkil etiladi, deb ma’lum qildi shahar hokimligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastur doirasida sportchilar, milliy estrada yulduzlari va yoshlar ishtirokidagi bayroq estafetasi ham o‘tkaziladi. Bayram harakatlari Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlarida joylashgan maxsus postlarda boshlanib, turli madaniy-ma’rifiy uchrashuvlarni o‘z ichiga oladi.

“Xalqlar do‘stligi” maydonida soat 17:00 da estrada yulduzlari ishtirokida katta g‘alakonsert bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, soat 18:00 da bayramning eng kutilgan qismi — dronlar shousi namoyish etiladi. Mazkur tomosha aholi va mehmonlar uchun ochiq bo‘lib, kelganlar bayramona kayfiyatdan bahra olish imkoniga ega bo‘ladi.

Avvalroq, mazkur sana munosabati bilan Davlat bayrog‘ining 34-yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkazilishi ham rejalashtirilgani xabar qilingan. Shunday qilib, 18-noyabr Toshkentda madaniy, harbiy va zamonaviy texnologik namoyishlar bilan boy kunga aylanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent osmonida bayroq kuniga bag‘ishlangan dronlar tadbiri o‘tkaziladi