Soliq qo'mitasi raisi lavozimidan ozod etildi

Soliq qo'mitasi raisi lavozimidan ozod etildi
Upl.uz xabar berdi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Soliq qo'mitasi raisi lavozimida ishlagan Sherzod Qudbiyevni o'z vazifasidan ozod etish bo'yicha farmon imzolandi. Sherzod Qudbiyev endilikda yangi tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi Barqaror rivojlanish, urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasiga rahbarlik qiladi.

Shuningdek, Prezident qaroriga muvofiq, Farrux Pulatov Soliq qo'mitasi raisi etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar