20:08 / 21.01.2017
9 633

O‘shanda Mirziyoyev 33 yosh edi: deputatlikka qadam, Shayx bilan uchrashuv va…

O‘shanda Mirziyoyev 33 yosh edi: deputatlikka qadam, Shayx bilan uchrashuv va…

O‘shanda Mirziyoyev 33 yosh edi, deb hikoya qiladi filologiya fanlari nomzodi, dosent Muhammad Baqoyev. — Uning raqiblari (deputatlikka nomzodlar nazarda tutilmoqda) undan yosh va mansab bo‘yicha ham undan ustun bo‘lishgan.

Misol uchun nomzodlarning biri general, milisiya akademiyasi rahbari, ikkinchisi esa ilmiy-tekshirish instituti direktori edi. Birinchi turdan so‘ng general mag‘lub bo‘ldi va uning so‘nggi so‘zlari barchani lol qoldirdi. U Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishini ma’lum qildi.

Ikkinchi turda esa Shavkat Mirziyoyev g‘alaba qozondi va deputat bo‘ldi. U dadillik bilan oxirigacha kurashdi. Uning dasturi esa ko‘pchilikni hayron qoldirgan edi. Chunki, boshqalarda dasturning o‘zi yo‘q edi. Ular quruq va’dalar bilan tribunaga chiqishardi. Yosh Mirziyoyev esa aniq dastur bilan chiqqandi. Uning nomzodiga asosan yoshlar ovoz berishdi. U yoshlar bilan yaxshi til topishar edi.

Institutda Shavkat Mirziyoyev birinchilardan bo‘lib mashhur shaxslar bilan uchrashuvlarni tashkillashtirgan. Yodda qolgan uchrashuvlardan biri Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bilan bo‘lib o‘tgan edi.

Mirziyoyev Institutda ishlaganda hech kim uni nechchida kelib, ketishini bilmasdi. U hammadan birinchi kelib, juda kech qaytardi.

O‘shanda deputatlikka saylovlar jarayonida Shavkat Mirziyoyev doim shunday derdi: “Agar menga ovoz berishsa, men deputat bo‘lsam bag‘oyat xursand bo‘laman. Deputat bo‘lish nasib etmasa ham xalqimiz farovonligi uchun xizmat qilishda davom etaveraman… ”

Shavkat Mirziyoyev bilan Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida birga ishlagan Muhammad Baqoyev xotiralari.

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘shanda Mirziyoyev 33 yosh edi: deputatlikka qadam, Shayx bilan uchrashuv va…