10:48 / 22.01.2017
6 077

Sh.Mirziyoyev: “Hudud rahbari, prokurori, soliqchisi - hammasi o‘zini o‘ylaydi, xalqni hech kim o‘ylamaydi”

Sh.Mirziyoyev: “Hudud rahbari, prokurori, soliqchisi - hammasi o‘zini o‘ylaydi, xalqni hech kim o‘ylamaydi”

Ma’lumki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasida xalq vakillari va faollar bilan uchrashdi. Uchrashuvda bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi, deb yozadi Kun.uz sayti.

"Mana, qishloq vrachlik punktini ko‘rdik. Adham Ilhomovich, o‘zi qishloq vrachlik punktining muddaosi nima? Patronaj. Men sizga aytgan eng katta fojia - malakali shifokor yo‘q! Hamma erda - kerak joydayam, keraksiz joydayam kafel. Toshkentdagi loyiha Qoraqalpog‘istonda o‘tmaydi. Qaerdagi plastik qimmat-qimmat oynalarni olib kelib qo‘ygansizlar, u qishda - sovuq, yozda - issiq.

Qoraqalpog‘istonni sevgan, uning ertangi kuniga ishongan odam yo‘qmi? Maktablarni issiq qilsak, shifoxonalarni issiq qilsak... Shifoxonani ahvolini qarang... Qoraqalpog‘iston faqat Nukus bilan ko‘z-ko‘z qilish emas-ku! Odamlar sifatli dorilar, sifatli tibbiy xizmatlarni kutmoqda.

Talabchanlik yo‘q, nazorat yo‘q, Muso Tojievich. 10 kun ichida ob’ezd bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazasiz. Shuncha joylarga kirdik, qimmat-qimmat texnikalar qor tagida yotibdi. Qanday qishloq xo‘jaligi bo‘ladi bunaqada? O‘sha hudud rahbari, prokurori, soliqchisi - hammasi o‘zini o‘ylaydi, xalqni hech kim o‘ylamaydi. Tayyorgina ikkita "Kislovodsk" turibdi, men ham juda pastda yurgan odamman, u "Kislovodsk" - baxt, ustini yopib qo‘yib, "klass" texnikani olib kirsin, janob Ro‘ziqulov! Bu sizga ham taalluqli. Quruq so‘z bilan ish bitmaydi. Nimaga qaramagansiz, Ulug‘bek Ubaydullaevich? "Qoraqalpog‘istonga borib keldim, u qildim-bu qildim" deb maqtanasiz-ku! Shunday davlat texnikasi tashqarida turishi xiyonat emasmi? Hali ularning krediti to‘lanmagan, Muso Tojievich. U bankning krediti, davlatning krediti turibdi...

Salomatlik, barkamol avlod deymiz - ichimlik suvi bo‘lmasa, qanaqa barkamol avlod? Bugun shuni ta’kidlab aytamanki, Qoraqalpog‘istonda belgilangan rejalar ortig‘i bilan bajarilishi shart!", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bundan avval 2017 yilda Mo‘ynoq tumanida 101 kilometrlik ichimlik suvi tarmog‘i tortilishi ko‘zda tutilayotgani haqida xabar berilgan edi. 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar asosida 15 ming yangi ish o‘rni yaratiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sh.Mirziyoyev: “Hudud rahbari, prokurori, soliqchisi - hammasi o‘zini o‘ylaydi, xalqni hech kim o‘ylamaydi”