O‘zbekistonda tez orada deputat va senatorlarning aholi bilan ishlashlari bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi, dedi Oliy Majlis qonunchilik palatasi Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullaev, Sputnik agentligi bilan suhbatda.
"Ilgari deputatlar saylovchilar bilan uchrashish uchun o‘z okruglariga bir chorakda bir marta bir hafta yoki o‘n kun muddatga chiqishardi. Biroq nima qilish va qanday vazifalarni amalga oshirish borasida aniq ko‘rsatma va dastur yo‘q edi. Bundan buyon hammasi o‘zgaradi. Deputatlar joylarga har oyda 10-12 kun muddatga chiqishadi. Ular umumiy majlis o‘tkazishmaydi, balki har bir xonadonga borishadi", — dedi u.
Amaliyotdan ma’lum bo‘lishicha, odatda mahallalardagi umumiy uchrashuvlarga faollar deb ataluvchi har doimgi kishilar kelishadi.
"Faollarning o‘z muammolari bor, xalqning tashvishi esa butunlay boshqa masala. Endilikda muammolarni o‘rganish uchun tanlangan xonadonlarga emas, balki barchaning uyiga kiriladi va yuzma-yuz suhbatda ularni nima qiynayotgani o‘rganiladi. Shundan so‘ng deputatlar shikoyatlarni tahlil qilib chiqishlari va bu muammolarni hal qilishlari kerak bo‘ladi", — dedi Abdullaev.
Buning uchun barcha muammolar uch bosqichga ajratiladi. Birinchi bosqichdagi muammolarni mahalliy tuman va shahar hokimiyatlari, ikkinchi bosqichdagi muammolarni viloyat hokimliklari va muassasalari hal qiladi. So‘nggi bosqichdagi muammolar esa vazirliklar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Bunda hech bir fuqaroning murojaati e’tiborsiz qolmaydi, chunki har bir murojaat uchun alohida hisob yuritiladi va murojaat qiluvchidan muammosi hal bo‘lgani haqidagi javob olinmaguncha muammo ochiqligicha turadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”