date

Qurilish maydonlarida tartibsizlik: yuzlab qoidabuzarliklar fosh etildi

Qurilish maydonlarida tartibsizlik: yuzlab qoidabuzarliklar fosh etildi
Toshkent shahrining 12 tumanida qurilish obyektlarida ekologik va sanitariya talablari qanday bajarilayotgani bo‘yicha katta reydlar o‘tkazilmoqda. Tekshiruvlarga jami 140 nafar mas’ul xodim jalb qilingan bo‘lib, ular qurilish maydonlarida chang, qum va boshqa ifloslanish holatlarining oldini olish bo‘yicha nazoratni kuchaytirmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rganilgan 96 ta obyektning 60 tasida havoni chang bilan ifloslantirmaslik bo‘yicha talablar buzilgani aniqlangan. Yana 47 ta qurilish maydonida hududning kamida 25 foizini ko‘kalamzorlashtirish talabi bajarilmagan. Buning natijasida 15 ta obyektning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Reydlar davomida 70 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 68 nafari esa rasman ogohlantirilgan. Mutasaddilar bu chora-tadbirlar shahar havosini asrash va ekologik tartibni kuchaytirishga xizmat qilishini ta’kidlashmoqda.

Shuningdek, qurilish maydonlarida ifloslanishni kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha ishlar ham amalga oshirilmoqda. 24 ta obyektga maxsus suv yuvish moslamalari o‘rnatilgan, 62 ta obyekt esa avtomobillar shinalarini yuvish uchun maxsus basseynlar bilan ta’minlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qurilish maydonlarida tartibsizlik: yuzlab qoidabuzarliklar fosh etildi