
Respublikani rivojlantirish strategiyasini muhokama qilish bo‘yicha o‘tkazilayotgan media-haftalik chog‘ida Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Dilmurod Turdiev kvota 18 % ga oshirilishini ma’lum qildi deb xabar beradi "Diydoraziz" sayti.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga belgilangan 57907 o‘rin qabul kvotasi o‘zgarmay kelmoqda. Oliy ta’lim olishni istovchilar soni esa muntazam oshib bormoqda. O‘tgan yili 663,2 ming abiturient o‘quv yurtlariga hujjat topshirdi (2015 yilda — 605,8 ming). Shu tarzda, bir o‘ringa 11 abiturient da’vogarlik qildi.
O‘zbekistonda ayni paytda 59 ta oliy o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, respublikada xorijiy oliygohlarning sakkizta filiali faoliyat yuritadi va ular uchun qabul kvotasi alohida belgilanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar