date

Prezident Jizzaxda qishloq xo‘jaligidagi islohotlar bilan tanishdi

Prezident Jizzaxda qishloq xo‘jaligidagi islohotlar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida Sharof Rashidov tumanidagi «Agromarkaz» qishloq xo‘jaligi korxonalari majmuasida ham bo‘ldi.

Yurtimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor tufayli sohada imkoniyatlar kengayib, hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joylarda agromarkazlar tashkil qilinib, fermer va dehqonlarga kompleks xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida ham ana shunday markaz faoliyat boshladi.

Markazda o‘simliklarni himoya qilish laboratoriyasi, veterinariya dorixonasi, agronom maslahati, urug‘ va ko‘chatlar yetkazib berish, aholi xonadonlariga issiqxonalar qurish, agromarket do‘koni, mini-texnikalar sotish va ularga xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlar mavjud.

Bu yerda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha barcha xizmatlar «yagona darcha» tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilgan. Bir gektar joyni qamragan markazning birinchi qavatida o‘simliklar himoya vositalari do‘koni, veterinariya dorixonasi, urug‘ do‘koni, agromarket, mobil brigada xonalari va 8 ta boshqa xizmat xonasi joylashgan.

Ikkinchi qavatda o‘simliklarni himoya qilish laboratoriyasi mavjud. Shuningdek, tuproq va suv tahlili xonasi, entomologiya hamda fitopatologiya xonalari tashkil etilgan.

Markaz hududida viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi bo‘limi, agroinspeksiya, urug‘chilik markazi, qorako‘lchilik uyushmasi hamda qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar joylashgan.

Davlatimiz rahbari agromarkaz faoliyati bilan tanishdi, markaz faoliyatini yanada kengaytirish, mijozlar uchun xizmatlarni ko‘paytirish va qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident Jizzaxda qishloq xo‘jaligidagi islohotlar bilan tanishdi