21:51 / 28.04.2015
11 618

15 maydan Toshkentda issiq va sovuq suv narxi oshadi

15 maydan Toshkentda issiq va sovuq suv narxi oshadi

2015 yilning 15 mayidan boshlab Toshkentda issiq va sovuq suv narxlari bo‘yicha yangi tariflar joriy qilinadi. Bu haqda «Tashteploenergo» va «Suvsoz» korxonalari xabar tarqatdi, deb yozadi Kun.uz.

Yangi tarifga ko‘ra, markaziy isistish tizimi uchun issiq suv 1 kv.metr uchun 941,14 so‘mni (hozirda — 844,67 so‘m,narx o‘sishi — 11,4 foiz) tashkil qiladi. Issiq suv ta’minoti uchun to‘lov 1 kubometr uchun 3015,87 so‘mga (hozirgi narxi – 2706,76 so‘m) teng bo‘ladi. Hisoblagichsiz to‘lov joriy qilingan uylarda kishi boshiga oylik to‘lov 11777,69 so‘mni tashkil qiladi.

Sovuq suv bo‘yicha yangi tarif narxlari tez kunda ma’lum qilinadi. Shuningdek, korxona va tashkilotlar uchun ulgurji issiq va sovuq narxlari ham oshgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 15 maydan Toshkentda issiq va sovuq suv narxi oshadi