
Minenergoning ma’lum qilishicha, Sirdaryo TESda gaz turbinasi rotori yangisiga almashtirilmoqda. Ushbu katta hajmdagi texnik ishlar sabab stansiyaning bir qismi kamida bir oy davomida ta’mirda bo‘ladi. Bu esa umumiy elektr yetishtirish quvvatiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatmoqda
Bundan tashqari, qish mavsumida kun qisqargani tufayli quyosh elektrostansiyalarining elektr ishlab chiqarish hajmi sezilarli kamaygan. Shu bois umumiy tarmoqqa tushadigan yuk oshmoqda.
Hukumat va mutasaddi idoralar aholini ogohlantirib, mamlakat bo‘ylab iste’mol va ishlab chiqarish o‘rtasidagi muvozanatni saqlab qolish maqsadida 17:00–21:00 orasida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilmoqda.
Shuningdek, aholidan elektrdan tejamkorlik bilan foydalanish, maxsus e’lonlarni kuzatib borish va uzilishlar bo‘lsa, xavotirga tushmaslik so‘ralgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.