
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal)da fuqarolarni shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holati haqida ma’lumot olish xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu xizmatdan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi qatnashuvchilari bo‘lgan hamda elektron raqamli imzo (ERI) kalitida shaxsiy identifikasion raqami mavjud jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun maxsus hujjatlar talab etilmaydi. Xalq banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur xizmat bepul bo‘lib, onlayn tarzda amalga oshiriladi.
So‘rov yuborilganda, javob xati Yagona portal orqali «foydalanuvchi kabinetiga» va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan pochta manziliga yuboriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing